11:30 / 20.08.2018
38367

Shohjahon Ergashev yana nokaut bilan g‘alaba qozondi

19 avgust kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Moskvada faoliyatidagi 14-jangini o‘tkazdi.

Ergashev o‘zining WBA International kamarini himoya qilish jangida ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang muddatidan oldin yakunlandi - to‘rtinchi raund davomida ketma-ket kuchli zarbalarni o‘tkazib yuborgan Vasvaning murabbiylari beshinchi raund arafasida oq sochiq tashlashdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston vakili texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘ldi.

Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongandi. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Vasva esa bungacha professional boksda 13ta jang o‘tkazib, ularning 10tasida g‘alaba qozongan (4ta nokaut), 2ta jangda mag‘lub bo‘lgan, yana bir marta durang qayd etgandi.

Mavzuga oid
Top