O‘zbekiston | 15:50 / 20.08.2018
20515
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 7800 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 21 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 13.59 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 7803 so‘mu 79 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Yevro kursi esa 36 so‘mu 57 tiyinga ko‘tarilib, 1 yevro 8925 so‘mu 19 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir rubl kursi 63 tiyinga o‘sib, 1 rubl kursi 115,70 so‘mga yetgan.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid