Omsk oblastidagi «Olxovka» bojxona postida ikki kun mobaynida Özbekiston va Tojikistondan bölgan mehnat migrantlari ötirgan 10ta avtobus ikki kun davomida uşlab turildi.
Novosibirsk, Tomsk, Krasnoyarskdan yölovçilar Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan öz uylariga ketayotgan bölişgan, deya xabar beradi Total.kz portali. Şuningdek, ommaviy axborot vositalari xabariga köra, yölovçilarning suv va oziq-ovqatlari tugab qolgan.

16 avgustdan Omsk oblastining Çerlak tumanidagi «Olxovka» çegara postida içida mehnat migrantlari bölgan 10ta avtobus töplanib qoldi. Ularni sababini tuşuntirmasdan töxtatişgan va çegaradan ötişga ruxsat berişmagan. Avtobuslarda jami 500 kişi bölgan, jumladan, 15 nafar bola, ularning eng kiçigi 7 oylik edi. Odamlar ommaviy axborot vositalaridan yordam söraşga majbur böldilar.
Ayni paytga kelib vaziyat ijobiy hal etildi, avtobuslar Rossiyadan çiqib ketgan.

«Bu juda qiyin böldi, ayniqsa, bolalar azob çekdi. Juda issiq, lekin bizda hattoki suv ham yöq edi. Har bir inson Qurbon Hayitini nişonlaş uçun uyiga şoşilayotgandi, lekin yölda şunday holat sodir böldi. Bu xuddi odamlarning ustidan kuliş! Biz nima qilişni bilmadik, kimga murojaat qilişni ham tuşunmadik, heç kim vaziyatni tuşuntirgani ham, bizni eşitgani ham yöq. Jurnalistlar yordamga kelmaganida, yölda yana qança vaqt qolib ketardik», - deydi avtobuslardan birining haydovçisi Ablayxan Maqsud telefon orqali.











