AQŞ Adliya vazirligidan ma'lum qilişlariça, Eronning ikki fuqarosi josuslikda ayblangan. Ular AQŞ hududida bölib, Tehron foydasiga josuslik qilgan. Bu haqda mahkama saytida xabar berilgan.
Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, gap 38 yoşli Ahmadrizo Muhammadiy-Döstdoriy va 59 yoşli Majid Gorbaniy haqida ketmoqda. Taxminlarga köra, ular AQŞ hududidagi yahudiy va Isroil obektlarini kuzatib borişgan. Bundan taşqari, qölga olingan şaxslar Eron hududida terroristik deb topilgan Eron xalqi mujohidlari taşkilotining a'zolari haqida ma'lumotlarni töplaşda gumon qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Ruhoniy va Trampning uçraşuvi nega yuz bermasligini ma'lum qilgandi.
Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilişiça, mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning Qöşma Ştatlar yetakçisi Donald Tramp uçraşuvi AQŞ yadroviy bitimdan çiqqani tufayli heç qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Zarifning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Qöşma keng kölamli harakatlar dasturidan çiqib, ilgari erişilgan «ulkan muvaffaqiyat»ni yer bilan bitta qildi.













