Yaponiyaning Maizuru va Takasaki şaharlari markaziy köçalarida Özbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyiş etuvçi reklama bilbordlari örnatiladi. KUN.UZ muxbiri Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Jahon turizm bozorida "Özbekiston" milliy turistik brendini tarğib qiliş va xorijiy mamlakatlardan sayyohlar oqimini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining Tokiodagi elçixonasi Yaponiyaning Maizuru (Kioto prefekturasi) va Takasaki (Gunma prefekturasi) şaharlari meriyalari bilan hamkorlikda nomlari qayd etilgan şaharlarning markaziy köçalarida Özbekiston turistik salohiyatini namoyiş etuvçi reklama bilbordlarini örnatiş masalasini işlab çiqdi.
Ta'kidlaş joizki, Maizuru va Takasaki 2020 yilda Tokioda ötkaziladigan Olimpiadada özbekistonlik sportçilarni "qabul qiluvçi şaharlar" hisoblanadi.
Kelişuvlarga köra, mazkur bilbordlar Yaponiya şaharlarida ikki yillik muddatga, ya'ni 2018 yilning sentabridan 2020 yilning sentabrigaça örnatiladi.
Özbekistonning diqqatga sazovor maskanlari aks etgan bilbordlarda yapon tilidagi "Buyuk Ipak yölining yuragi hisoblangan Özbekistonga sayohat qiling" yozuvi, milliy turistik logo va www.uzbekistan.travel sayti manzili tuşirilgan böladi. Bundan taşqari, reklama plakatlarida "Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasining töğridan-töğri Tokio-Toşkent yönalişidagi reyslariga oid ma'lumotlar aks etadi.

Bundan avval KUN.UZ'da Qozoğistonning markaziy şaharlarida Özbekistonga sayohat qilişga çorlovçi bannerlar örnatilgani haqida xabar berilgan edi. Ta'kidlaş joizki, sönggi vaqtlarda Özbekistonga qiziqiş bildirib, taşrif buyurayotgan qozoğistonliklar soni sezilarli darajada oşdi. Şu bilan birga qöşni mamlakat telekörsatuvlari va onlayn-naşrlarida ham Özbekistonning sayyohlik salohiyati faol yoritib borilmoqda.











