Afğoniston poytaxti Kobulga raketa zarbasi berildi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar qilmoqda.

Zarba mahalliy vaqt bilan soat 9:00lar atrofida (Toşkent vaqti bilan 9:30) berilgan. Ta'kidlanişiça, hujum mamlakat prezidenti Aşraf Ğanining Qurbon Hayiti munosabati bilan çiqiş qilayotgan vaqtida amalga oşirildi.

Telekanal ma'lumotlariga köra, raketalar prezident saroyi va şaharning hukumat kvartaliga qarata uçirilgan.

«Zöravonlikni davom ettirayotgan va raketalarni uçirayotgan guruhlar bor, ular afğon xalqining rivojlanişini töxtata olmaydi», - deya ma'lum qildi Ğani. 

Eslatib ötamiz, avvalroq «Tolibon» harakati vakillari 4 sentabr kuni Moskvaga Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça xalqaro uçraşuvda iştirok etiş uçun kelişlari xabar berilgandi. 

Maslahatlaşuvlarda Rossiya bilan bir qatorda, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Afğoniston, Tojikiston, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Qirğiziston vakillari ham iştirok etadi.