Deputat Rasul Kuşerbayev Facebook’dagi sahifasida arzon uy-joylarning narxi oşişi sabablari haqida fikr bildirdi.

Rasul Kuşerbayev
Foto: Facebook /rasul.kusherbaev

Uning yozişiça, 2019 yili quriladigan köp qavatli uylar joriy yilga nisbatan ança arzon bölişi kutilmoqda.

“Prezident qarori doirasida Toşkent şahrida (boşqa hududlarda ham) aholi uçun qurilayotgan arzon uy-joylarning narxlari keskin oşib ketganligi yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş berişni sörab Toşkent şahar hokimi va “Özşahar quriliş invest” IK direktoriga yuborgan deputatlik sörovining yakunlari haqida ma'lumot berişni aytib ötgandim”, - deya yozadi deputat.

U sörovlarning javobidan kelib çiqqan xulosalarni bildirgan. 

“Boşdan aytib qöyay: Toşkent şahar hokimiga yuborilgan deputatlik sörovi natijasi haqida köp töxtalmoqçi emasman. Sababi narx-navoni belgilaş masalasida hokimlikning iştiroki deyarli yöq bölib, ustiga-ustak şahar hokimining mehnat jamoasi javob berişni ham “qalpoq” qilib qöydi. Javob keç berilgani yetmaganday matndan körinib turibdiki, hokimlikda qonuniy belgilangan fuqaro murojaati va deputatlik sörovlarining farqini ajrata olmaslik kasali bor...Öşa-öşa “hammom” xullas.

Şu bois, asosiy xulosalar “Özşahar quriliş invest” injiniring kompaniyasi direktori Z.Narzullayevning batafsil tuşuntirişlaridan kelib çiqmoqda”, - deydi R.Kuşerbayev.
 
Demak Z.Narzullayevga köra, asosiy quriliş materiallari narxi joriy yilda, ötgan yilga nisbatan 185,5 foizga oşgan. Bunda asosan “Özmetkombinat” AJ, “Özqurilişmateriallari” AJ, “Qizilqumsement” AJ hamda ğişt yetkazib beruvçi korxonalar tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlarning narxi keskin oşirib yuborilgan bölib, agar ular tomonidan mahsulot narxlari pasaytirilsa öz-özidan qurilayotgan “arzon” uy-joylarning narxi ham tuşirilişi ta'kidlangan. 

Xususan, 2017 yilda sementning 1 tonnasi 135135,00 bölgan bölsa, 2018 yilda 305833,33 sömga yoki oşiş koeffitsiyenti 226,3 foizga yetgan, 1 tonna metall 1901000,00 sömdan 4595000,00 sömga yoki oşiş koeffisenti 241,7 foizga yetgan, oddiy ğişt 1 donasi 430,00 sömdan 880,00 sömga yoki oşiş koeffitsiyenti 204,7 foizga yetgan va hokazo. Uşbu sabablar hamda valyuta siyosatini liberallaştiriş natijasida import qilinadigan quriliş materiallari va anjomlarning narxi oşib ketgani uy-joy qurilişi narxlarining kötarilişida asosiy sabablarni keltirib çiqargan.