2018 yilning birinçi yarmida Toyota Corolla jahon bozorida eng ommabop avtomobil nomini saqlab qoldi. Olti oy davomida Yaponiya modeli 610 661 dona nusxada sotilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 0,4%ga kam. Tegişli ma'lumotlar focus2move tomonidan keltirilgan.
Ikkinçi örinni 536 461 dona nusxa bilan (+3.2%) Ford F-Series egalladi, uçinçi qatorda 441 948 dona natija (+0.8%) bilan Volkswagen Golf joylaşdi. U Yevropadagi eng köp sotiladigan brend nomini özida uşlab turibdi. Honda Civic (424 688 dona, +7,2%) törtinçi örinni egallagan bölsa, Toyota RAV4 (408 703 dona, +7,5%) beşinçi örindan joy oldi.
Bundan taşqari, jahon bozorida eng ommabop avtomobillar içida Volkswagen Tiguan (405 085 dona, +16,3%), Volkswagen Polo (375 795 dona, +8,3%), Honda CR-V (337 802 dona, -4,0%), Toyota Camry (337 107 dona, +6,3%), şuningdek, Chevrolet Silverado (323 107 dona, +8,9%) bor.
Umuman olganda, yanvar-iyul oylarida dunyoda 48 million yangi yengil avtomobil sotildi, bu 2017 yilning şu davriga nisbatan 3,2 foizga köpdir. Jahon bozorida avtomobil savdosi qatorasi töqqizinçi yil ösişda davom etmoqda.












