Bayram kunlari sayohatçi guruhlar sonidan kelib çiqib, Özbekistondagi mehmonxonalarda 30 foizgaça çegirmalar e'lon qilinadi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Rasmiy sanalarni bayram qiliş davrida qöşimça dam oliş kunlarini belgilaş va 2018 yilda dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi farmoniga muvofiq qöşimça dam oliş kunlari belgilangan. 

Uşbu dam oliş kunlarini mazmunli ötişini ta'minlaş maqsadida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi hududlardagi mehmonxonalar bilan birgalikda barça xududlarda bayram kunlari sayohatçi guruhlar sonidan kelib çiqib, mehmonxonalarda 30 foizgaça çegirmalar e'lon qiladi. 

Prezident tomonidan Navröz bayrami, Mustaqillik, Yangi yil kabi bayramlarda yiliga beş kun töxtovsiz dam oliş kunlari ("Golden week"- "Oltin hafta") joriy qilingan. Şu bois turli taşkilotlar xodimlariga Golden week yoki dam oliş kunlarida Özbekiston böylab sayohat qiliş tavsiya etildi. 

Ta'kidlaş joizki, dam oliş kunlarini uzaytiriş böyiça imzolagan farmon xalqda yurtning boy madaniy merosi, tarixi va urf-odatlarini yaqindan örganişga, xalqning ma'rifiy darajasini östirişga hamda vatanparvarlik, birdamlik hissini mustahkamlaşga yanada köproq xizmat qiladi.