AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Abu Dabi valiahd şahzodasi Şayx Muhammad bin Zayd Al-Nahayon bilan telefon orqali muloqotda Yaqin Şarqdagi terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar «turli sohalarda, xususan ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşda, şuningdek, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş hamda mintaqada tinçlikka erişiş yölidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlaştiriş» kabi masalalarni muhokama etgan.

Şuningdek, davlat kotibi va valiahd şahzoda Yaqin Şarqdagi sönggi voqealarni hamda qator mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pompeo Trampning Eron böyiça niyatini ma'lum qilgandi.