Apple boş direktori Tim Kuk kompaniyaning taxminan 120 mln dollarlik aksiyalari bilan taqdirlanişi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Kuk korporatsiya rahbari sifatida 280 mingta aksiya oladi. Bundan taşqari, u oxirgi 3 yil içida kompaniya aksiyalarining fond birjasidagi daromadliligi S&P 500 indeksiga kiruvçi kompaniyalarning uçdan ikki qismining xuddi şunday körsatkiçlaridan oşsa, qöşimça 280 mingta aksiya olişi mumkin. Aktsiyalarning qiymati 120 mln dollarni taşkil qilişi mumkin. 

2017 yilda Kukga bonus sifatida berilişi kerak bölgan 560 mingta aksiyadan yarmi soliqlarni tölaş uçun ketgan. Qolgan yarmi esa sotilib, Kukga 43 mln dollar daromad keltirgan. Bundan taşqari, Kuk 3 mln dollar miqdorida maoş va 9 mln dollarlik bonus olgan.

Ayni vaqtda Kukning boyligi 700 mln dollarga yetgan. 

Avgust oyida Apple kapitallaşuvi 1 trln dollardan oşib ketdi. Apple’ning avvalgi rahbari Stiv Jobs vafot etgan 2011 yilda kompaniya kapitallaşuvi 350 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bundan esa Kuk vaqtida kompaniya kapitallaşuvi deyarli 3 marta oşganini köriş mumkin.