Tasvirda xavfsizlik xodimlarini qiziqtirayotgan qiyofalar paydo bo‘lishi bilan tizim ularni bir lahzada aniqlaydi va xodimlarga tegishli xabar jo‘natadi. Bu jinoyatlarni tezkorlik bilan aniqlashda juda qulaydir. FindFace Public Safety videokuzatuv arxivlaridagi yozuvlardan ham qiyofalarni izlay oladi.

NtechLab xodimlarining aytishlaricha, yangi texnologiya butun Rossiya bo‘yicha yagona xavfsizlik va tezkor harakatlanish tizimini yaratish imkonini beradi. Undan odamlar ommaviy to‘planadigan joylarda hamda kirish cheklangan maskanlarda foydalaniladi. Qayd etilishicha, FindFace Public Safety terrorchilik tahdidlarining oldini olishda va yirik tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni aniqlashda juda qulaydir.