Har bir jabhada inson manfaatlari, uning hayot tarzi va farovonligi ustuvor omil ekanligi bong urilmoqda. Amalda buning isboti qay darajada?

Navbatdagi murojaat sabab Toşkent viloyati, Çirçiq şahrida bölib qaytdik. Çirçiq şahri, Şarof Raşidov köçasida joylaşgan köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi kişilar kommunal xizmat bilan boğliq muammolar yuzasidan Kun.uz saytiga murojaat qilişga majbur bölişgan.

Qiziq tomoni uşbu insonlar bilan uçraşib, muammo mavjud hududga köz taşlaganimizda katta muammo yöqdek tuyuldi. Ammo, bu uylarning yetakçilari (domkom) körsatgan holatlarni körib yoqamizni uşladik. Quyida ular tomonidan keltirilgan haqli e'tirozlarni sanab ötamiz.

Birinçi masala. Bu yerdagi sanitariya-gigiyena holati talab darajasida emas edi. Qayoqqa qaramang çiqindi, atrof taşlandiq. Öz-özidan tabiiy savol tuğiladi: bu yerning ham öz egasi bormi özi?  

Anqiyotgan hidni esa biror texnologiya bilan ölçab bölsa edi, eng yuqori körsatkiç qayd etilgan bölar edi. Aholi bilan suhbat lozimligi sabab bazör toqat qildik. Xayolimizda bu yerni tezroq tark etiş edi.

Eng yomon tomoni, bu taşlandiq hududlarda nafaqat yoşi kattalar, balki yoş bolalar ham öynab, yugurib yelib yurgani edi. Hayotni boriça köradigan bu murğak gödaklar nazdida borliq aslida şundaydek göyo. Axir ular bu yerda astma, tuberkulyoz, diareya, turli teri-tanosil kasalliklarini yuqtiriş mumkinligini qayoqdan bilsin.

Bu manzara şu hududda joylaşgan bolalar boğçasi oldida ekani ayniqsa açinarli holat. Masalaga oydinlik kiritiş uçun uşbu boğçaga kirdik. Lekin boğça mutasaddilaridan holat haqida söraganimizda, «Bizda hammasi yaxşi, kamçiliklar yöq» deya suhbatdan qoçişdi. Töğrida, ularning oilasi bor, rözğori bor. Işdan haydalişni kim ham xohlardi?! 

Keyingi masala, uşbu turarjoylarning yertölalarida töplangan suvlar edi. Bu joyda yaşovçilarning sözlariga köra, bu suvlar yillar davomida töplanib kelgan va bu masala haligaça öz yeçimini topmagan. Uylarning yuqori qismidagi yoriqlar ham xavf yaqin ekanini körsatib turibdi.