Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dallaslik erkak salfetkada imzolangan shartnoma evaziga million dollar undira oldi
AQShning Dallas shahrida yashovchi Jonatan Kolniak o‘zining sobiq ish beruvchisi Jyeyms Balengidan u bilan bazm vaqtida salfetkada tuzilgan shartnoma evaziga million dollar undira oldi.
Shartnomaga ko‘ra, Balengi Kolniakga xizmat haqi sifatida neft yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasining 2 foiz aksiyasini berishi kerak bo‘lgan. Bu miqdordagi aksiyalar qiymati o‘shanda 9 mln dollarni tashkil qilgan.
Balengi va Kolniak bitimni 2015 yilda tuzishgan. Salfetkada kompaniya nomi ko‘rsatilmagan, biroq unda 2 foiz aksiya haqida va Kolniakning oylik maoshi 100 ming dollar ekanligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, bitim ostida Balengining imzosi bo‘lgan. Kolniak advokatining aytishicha, Kolniak bitimga ko‘ra kompaniyani sotuvga tayyorlashda yordam berishi kerak bo‘lgan.
Kolniak bitimning o‘ziga tegishli qismini bajargan va kompaniya 2015 yildayoq 820 mln dollarga sotilgan. Shundan keyin Kolniakga va'da qilingan aksiyalar qiymati 9,35 mln dollargacha oshgan. Keyinroq u ish beruvchisi bilan 2 mln dollar olishga kelishib olgan. Biroq Kolniak ishini tugatguncha bu qiymatdan bor-yo‘g‘i 400 ming dollarini olgan.
Balengi va kompaniya hech qanday shartnoma bo‘lmaganini va ular hech narsa to‘lashlari kerakmasligini ta'kidlagach, Kolniak 2017 yilda sudga murojaat qilgan.
Balengi himoyasi salfetkada imzolangan kelishuv “to‘liq va bemaqsad” bo‘lganini va u mastlik oqibatida imzolanganini ta'kidlagan. Bundan tashqari, himoyaning fikricha, shartnomada kompaniya nomi keltirilmagan va bu Kolniak boshqa kompaniyaning 2 foiz aksiyasini talab qilayotgan bo‘lishi mumkinligini anglatgan. Biroq sud Kolniakga yon bosib, uning talabini qondirgan.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025