Osiyo öyinlarida kumuş medalni qölga kiritgan 43 yoşli Oksana Çusovitina Kun.uz muxbiriga qisqaça intervyu berdi.

“Bilasizmi, bugun kumuş medalni yutdim. Biroq, u menga xuddi oltin medaldek, sababi juda asabiy tayyorgarlik bölgandi. Şuning uçun bu medal juda qiyinçilik bilan keldi. Ammo, men hammasi yaxşi tugaganidan xursandman. Meni qöllab-quvvatlab turgan işqibozlarga katta rahmat. 

Men gimnastikani juda yaxşi köraman. Şuning uçun bu borada heç qanday sport sirlarim yöq. Şunçaki öz işimni yaxşi köraman. 7ta Olimpiya öyinlarida qatnaşganman, biroq Özbekiston uçun medal olmaganman. Mening orzum - Olimpiada öyinlarida Özbekistonga medal taqdim etiş. Şu narsa doimo könglimda bölib kelgan. Agarda saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötsam, Tokiodagi Olimpiadaga ham boriş niyatidaman.

Mustaqillik bayrami yaqinlaşmoqda. Barçaga soğlik, tinçlik, prezidentimizga islohotlarni amalga oşirişda kuç-quvvat tilayman”, - deydi Oksana Çusovitina.

Eslatib ötamiz, avvalroq 43 yoşli Oksana Çusovitina Osiyo öyinlari sovrindoriga aylangani xabar berilgandi.