Amerika Qöşma Ştatlari va Xitoy umumiy qiymati 16 milliard dollarlik tovarlarga 25 foizlik bojni özaro joriy etdi. Bu haqda Bloomberg xabar beradi.
Birinçi bölib 8 avgust kuni e'lon qilingan Vaşington çeklovlari kuçga kirdi. Oşirilgan bojlar joriy qilingan tovarlar orasida traktorlar uçun dvigatellar, temir yöllari, tramvaylar va poyezdlar uçun ehtiyot qismlar, şuningdek, kabellar bor. Bunga javoban Xitoy hukumati xuddi şunday çoralar qöllanilişi haqida ma'lum qildi, ular Toşkent vaqti bilan 9:00dan amal qila boşladi.
Pekin, şuningdek, Jahon savdo taşkilotiga şikoyat qildi. Tijorat vazirligining tuşuntirişiça, uşbu qadamni köp tomonlama savdoni kafolatlaş va öz manfaatlarini himoya qiliş istagi bilan izohladi.
AQŞ va Xitoy 2018 yil boşida bir-birining tovarlariga oşirilgan bojlarni joriy qila boşladi. Taşabbus Qöşma Ştatlar yetakçisi Donald Trampdan çiqqan bölib, u Pekinni nohalol öyinda aybladi hamda ikki tomonlama savdo balansida juda katta defitsitdan şikoyat qildi. Hozirgi vaqtda çeklovlar umumiy miqdorida yuz milliard dollardan ziyod bölgan mahsulotlarni qamrab oldi. Keyinçalik, dunyoning boşqa davlatlari savdo uruşiga qöşildi.












