2018 yilda “Taşabbus-2018” körik-tanlovining tuman (şahar) bosqiçlari - 27 avgustdan 28 sentabrga qadar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçlari- 5 oktabrdan 25 oktabrga qadar, respublika bosqiçi - 14-15 noyabr kunlari körik-tanlovning oçiliş marosimi va körgazmasi, 16 noyabr kuni körik-tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötadi. Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, hukumatning bu haqdagi tegişli farmoyişi qabul qilingan.
Ma'lum bölişiça, “Özekspomarkaz” körgazma markazida körik-tanlovning respublika bosqiçi körgazmalari ötkaziladi. Taqdirlaş marosimi bölib ötadigan kunlarda esa Toşkent şahridagi “Navröz” restoranidan foydalaniladi.
Körik-tanlovning kuyidagi asosiy nominatsiyalar böyiça ötkazilişi belgilandi va uning respublika bosqiçi mutlaq ğoliblari Özbekiston Respublikasi prezidenti sovğasi sifatida “Chevrolet-Spark” avtomaşinalari bilan taqdirlanadi:
sanoat sohasida - “Yilning eng yaxşi tadbirkori”;
xizmat körsatiş sohasida - “Yilning eng yaxşi tadbirkori”;
“Yilning eng yaxşi yoş tadbirkori”;
“Yilning eng yaxşi fermeri”;
“Yilning eng yaxşi hunarmandi”.












