“Tolibon” Afğoniston böyiça Moskvadagi muzokaralarda iştirok etiş taklifini qabul qildi. Uçraşuv 4 sentabrda bölib ötişi rejalaştirilgan. Bu haqda “Tolibon” vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
“Yetakçilarimiz Rossiyada taşkil qilinadigan muzokaralarda iştirok etiş taklifini qabul qilişdi”, deb aytgan toliblar vakili.
Ma'lum qilinişiça, muzokaralarga “Tolibon”ning kamida 4 nafar yuqori lavozimli qömondoni taşrif buyurişi mumkin.
Avvalroq Afğoniston taşqi işlar vazirligi Kobul Moskvadagi uçraşuvda iştirok etmasligini ma'lum qilgandi.
Rossiya taşqi işlar vazirligi Afğoniston böyiça Moskva formatidagi maslahatlaşuvlarga 12 ta davlat, jumladan AQŞ taklif qilinganini ma'lum qilgan. Bundan taşqari, yiğilişga “Tolibon”ning Dohadagi siyosiy idorasi rahbariyati taklif qilingan.












