Vazirlar Mahkamasining tibbiyot sohasi bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik asosida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda aytilishicha, “Yagona klinika-diagnostika laboratoriyasi” boshqaruv kompaniyasi” MChJ (keyingi o‘rinlarda “YaKDL” UK MChJ deb ataladi) tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega;
davlat-xususiy sheriklik kontsession modeli bo‘yicha markazlashtirilgan laboratoriya xizmati loyihasi ana shunday loyihalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahrida tajriba tariqasidagi markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish to‘g‘risida “YaKDL” UK MChJ bilan, istisno tarzida, bevosita muzokaralar asosida kontsession shartnoma tuzish haqidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining tibbiyot tashkilotlari markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi xizmatlari bilan qamrab olinadi.
Belgilanishicha, loyiha natijalariga ko‘ra markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi xizmatlari respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uzoq muddatda (15 yilgacha) egalik qilish va foydalanish maqsadida kontsessionerga berish uchun obektlarni bir oy muddatda, belgilangan tartibda tanlab olishni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi hamda kontsessioner bilan birgalikda quyidagilarni bir oy muddatda ishlab chiqadi va kontsession shartnoma loyihasiga kiritadi:
laboratoriya tadqiqotlarini bosqichma-bosqich markazlashtirishda qatnashuvchi tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati;
tibbiyot tashkilotlarini markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi xizmatlari bilan qamrab olish har bir bosqichining aniq muddatlari;
sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan byudjyet mablag‘lari va har bir tadqiqot turi bo‘yicha bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish hajmlari;
kontsessioner xizmatining eng yuqori qiymatini aniqlash maqsadida har bir tadqiqot turi bo‘yicha laboratoriya diagnostikasi xizmatining eng yuqori qiymati;
tashkil etilayotgan markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasiga, shuningdek, laboratoriya jihozlari spetsifikatsiyasiga qo‘yiladigan texnik talablar.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024