Google ijtimoiy tarmoqlaridan Eronning 50 ga yaqin akkaunti kiberhujumlar sodir etiş gumoni bilan öçirib taşlandi. Bu haqda Google ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, akkauntlarning aksariyati (39 tasi) YouTube videoxostingidan öçirib taşlangan.

Blogger platformasidan 6 ta blog, Google+’dan 13 ta akkaunt öçirib taşlangan. Ta'kidlanişiça, ularning barçasi “fişing” va buzib kirişlar uçun qöllangan bölişi mumkin.

Google ma'lumotlariga köra, öçirilgan barça akkauntlar Eron teleradiokompaniyasi bilan boğlangan.

“Biz “Eron Islom Respublikasi ovozi” taşkiloti bilan boğliq bölgan va buni yaşirgan bir qator akkauntlarni aniqlab, ularni yopdik”, deb aytilgan kompaniyada. 

Avvalroq Facebook va Twitter’dan ham Eron bilan boğliq akkauntlar öçirib taşlangandi.