Iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimchalar kiritiladi

Foto: UzA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar:
1. Qarorda:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “Talabalar uchun” so‘zlari “Magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun” so‘zlari bilan almashtiriladi;
b) 1-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari, nomli Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;”.
2. 2-ilovada:
a) Nizom nomi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“1. Magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta'lim muassasalari magistratura bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.”;
v) 2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2. Magistratura mutaxassisliklari talabalariga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta) quyidagi mutaxassisliklardan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan taqsimlanadi:”;
g) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “bakalavriatdagi ta'lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik” so‘zlari “magistratura mutaxassisligi” so‘zlari bilan almashtiriladi;
g‘) 8-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
d) 12-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalar davlat oliy ta'lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.”;
ye) 13-band chiqarib tashlanadi va 14-15-bandlar tartib raqamlari muvofiqlashtiriladi.
3. Qarorning 3-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
-
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
O‘zbekiston | 19:45
Mavzuga oid

11:12 / 19.06.2025
“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

16:14 / 06.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025