Bankrot bölgan dilerlik «ÖzDEU Avto-Ufa» MÇJning arbitraj boşqaruvçisi kompaniya sobiq rahbariyatini subsidiar javobgarlikka tortişni talab qildi.

Uning fikriça, uçta kompaniya va beş menejyer 778,2 million rubl (10 million dollardan ortiq) pul tölaşi kerak, deya yozadi «Realnoye Vremya».

Rahbariyat xatti-harakatlarini atayin bankrot qiliş sifatida hisoblaş mumkin, deyiladi bankrotlik töğrisidagi ma'lumotlar reyestrida e'lon qilingan bayonotda.

Ta'kidlanişiça, boş kompaniyalar «ÖzDEU Avto-Ufa»ga özlaridan kam likvidli avtomobillar xarid qiliş uçun kreditlar oliş majburiyatini yuklagan.

Şuningdek, kompaniya faoliyatga ta'sir ötkazişi mumkin bölgan şaxslar bilan jamiyatning bankrotlik jarayoni ustidan nazoratni qölga kiritiş maqsadida kelişuvlarga erişgan.

Bundan taşqari, rahbariyat 108 million rubllik (qariyb 1,5 million dollar) qarzlarni qaytariş uçun harakat qilmagan.

Boşqaruvçining fikriga köra, Özbekistonning «Avtosanoat invest» MÇJ, «Jyeneral Motors Özbekiston» AJ va «Özavtosanoat» AKdan deyarli 778,2 mln rubl (11,4 mln dollar) undiriş lozim.

«ÖzDEU Avto-Ufa»ning bankrotligi 2017 yilning avgustida boşlangan. Boşqirdiston arbitraji öşa yilning noyabr oyida kompaniyani bankrot deb topdi.