Amerikaning Time jurnali AQŞ prezidenti Donald Trampning çökayotgani tasvirlangan karikatura bilan çiqadigan muqovasini reklama qildi.
Qayd etilişiça, jurnalning uşbu soni Oq uy Oval kabinetidagi noqulay ob-havoga bağişlangan turkumning davomi böladi. Uşbu turkumdagi birinçi muqova 2017 yil fevralda naşr etilgan bölib, unda prezident stoli ustidagi şamolli va yomğirli havo tasvirlangandi. 2018 yil 23 apreldagi muqovadan kuçaygan şamol örin olgandi. Time’ning 3 sentabr kuni çiqadigan soni muqovasida suv ostiga ğarq bölgan xona tasvirlanadi. Xonada esa çökib ketişdan qutulişga urinayotgan davlat rahbari böladi.
TIME’s new cover: Trump is in trouble. Here's how much worse it could get https://t.co/IgjeHWr2cD pic.twitter.com/hnUc7Njbxu
— TIME (@TIME) August 23, 2018
Barça muqovalar Time xodimi Timom ÖBrayyen tomonidan tayyorlangan. U mazkur turkum orqali Tramp oldida turgan muammolarni körsatişga harakat qiladi. Yangi karikaturada keyingi paytda prezident bilan sodir bölgan köplab «taşvişli» voqealarga şa'ma qilingan , deyiladi tahririyat maqolasida. Ulardan biri Trampning advokati Maykl Koenning ikki ayolga davlat rahbari bilan aloqalari haqida gapirmaslik uçun pul berilganini tan olganligidir.
Jurnalning iyun oyidagi soni muqovasi Donald Tramp va yiğlayotgan gödak surati bilan çiqqandi. Öşa son Amerika rahbarining migrantlarga nisbatan siyosatiga bağişlangandi.
















