Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligining 2018 yil 20 avgustdagi 3057-sonli buyruğiga muvofiq "Davlat xaridlarini ötkaziş böyiça xizmatlarni körsatiş huquqiga ega bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlar töğrisida"gi nizom tasdiqlandi.

Ixtisoslaşgan taşkilot - davlat buyurtmaçisi topşiriğiga köra, tovarlar, işlar, xizmatlar davlat xaridini ötkazişni taşkil etiş xizmatini şartnoma asosida pullik ravişda körsatiş huquqiga ega bölgan, uşbu Nizom talablariga muvofiq keluvçi yuridik şaxs.

Ixtisoslaşgan taşkilotlar quyidagi davlat xaridlari böyiça xizmatlarni körsatişi mumkin:

  • rivojlantiriş davlat dasturlarini, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, şuningdek davlat buyurtmaçilarining xöjalik faoliyatini röyobga çiqarişda amalga oşiriladigan xizmatlar;
  • Özbekiston Respublikasining byudjyet tizimi byudjyetlari va boşqa davlat maqsadli jamğarmalari, Prezident va Hukumat tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qaraşli bölgan va qaraşli bölmagan çet el taşkilotlari bilan tuzilgan şartnomalar doirasida taqdim etiladigan çet el grantlari hamda Özbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan çet el kreditlari hisobidan moliyalaştiriladigan xizmatlar.

Ixtisoslaşgan taşkilotlar qanday talablarga javob berişi kerak?

  • Özbekiston Respublikasida örnatilgan tartibda röyxatdan ötkazilgan yuridik şaxs bölişi;
  • ixtisoslaşgan taşkilotning ta'sisçisi davlat xaridi sub'yekti bölmasligi;
  • soliq imtiyozlarini taqdim etuvçi va ma'lumotlarni töliq oçişni va bank nazoratiga ma'lumotlarni (offşor hudud) taqdim etişni közda tutmagan, şuningdek yakuniy davlatlar va hududlarda röyxatdan ötmagan ixtisoslaşgan taşkilot ta'sisçilari safida bölmasligi;
  • ştatida xizmat körsatiş böyiça amaliy tajribaga ega bölgan bir nafardan kam bölmagan xodimga ega bölişi;
  • maxsus axborot portaliga ulaniş imkonini ta'minlovçi dasturiy texnik qurilmaga ega bölişi.

Ixtisoslaşgan taşkilot qanday xizmatlarni körsatadi?

  • tovar (iş, xizmat)ning boşlanğiç narxini aniqlaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
  • marketing va boşqa tadqiqotlarni ötkazadi;