Özbekiston Respublikasi Markaziy banki (MB) boşqaruvining qaroriga muvofiq MBning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotiş va qaytarib xarid qilib oliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga köra, Markaziy bank tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bağişlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga çiqariladi. Bu tangalar Respublika hududida nominal qiymati böyiça naqd pul şaklidagi qonuniy tölov vositasi, şuningdek nominal qiymatidan yuqori baholanuvçi kolleksiya, investitsiya va jamğariş obektlari sifatida muomalada bölişi mumkinligi qayd etildi.
Markaziy bank tangalarini sotiş va qaytarib xarid qilib oliş MBning hududiy Boş boşqarmalari va tijorat banklari (bank şoxobçalari) orqali amalga oşiriladi. Ularning manzili MB veb-saytida e'lon qilinadi.
Tangalarni sotiş jismoniy şaxslarga - naqd va naqd pulsiz hisob-kitob şaklida, yuridik şaxslarga - tölovni pul mablağlari ötkazilişi yöli bilan amalga oşiriladi.
Qimmatbaho metall bahosi London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasining ertalabki fiksing narxi va sömning AQŞ dollariga nisbatan MB kursiga muvofiq hisob-kitoblar asosida belgilanadi hamda Markaziy bank rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Markaziy bank tangalarini qaytarib xarid qilib oliş bank şoxobçalari orqali amalga oşiriladi. Bank şoxobçalari tomonidan qaytarib xarid qilib olingan tangalar ularning asllik darajasini aniqlaş maqsadida Bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asllik darajasini belgilaş palatasi tomonidan texnik ekspertizadan ötkaziladi.
MB Asllik palatasining texnik ekspertiza ötkazilganligi töğrisidagi dalolatnomasini olganidan söng, Markaziy bank tangasini qaytarib xarid qilib olgan bank şoxobçasi orqali mazkur tanga egasi bilan hisob-kitoblarni 10 kun davomida amalga oşiradi.
Tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovçi asllik sertifikati bilan birga muomalaga çiqariladi. Bu sertifikat identifikatsiya seriya raqamiga ega böladi.
Sertifikat yöqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda Markaziy bank tangasining egasi bank şoxobçasiga tölov asosida yangi asllik sertifikatini oliş uçun murojaat qilişi mumkin.
Nizom talablarining buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar böladi.











