Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya SSSR parchalanganida yo‘q bo‘lib ketgan kosmosni nazorat qilish tizimini tikladi. Bunda O‘zbekiston ham yordam berdi
Rossiya Fanlar akademiyasining Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti butun dunyo bo‘ylab taqsimlangan teleskoplar tarmog‘ini yaratdi, u SSSR parchalanishi tufayli ishlashdan to‘xtagan yerga yaqin orbitani kuzatish bo‘yicha yagona tarmoq o‘rniga kosmik makonni nazorat qilishi lozim. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
«O‘nta eski observatoriya kuzatuv ishlari tiklandi: Tarixa (Boliviya), Usuriysk, Blagoveshchensk, Xuraltogot (Mo‘g‘uliston), Kitob (O‘zbekiston), Hisor, Sanglok (Tojikiston), Abastumani (Gruziya), Ujgorod (Ukraina), Kastelgrande (Shveytsariya). Yangi joylar o‘rganildi va Kamchatka, Uzoq Sharq, Sibir, Oltoy, Moldova, Meksikada sakkizta kuzatuv nuqtasi tashkil qilindi. Butun geostatsionar orbita to‘sildi», - deyiladi hujjatda.
Institutdan ta'kidlashlaricha, SSSRning parchalanishi sababli observatoriyalarning katta qismi, jumladan, Kosmik makonni nazorat qilish markazi ehtiyojlari uchun geostantsionar orbitada kosmik obektlarni kuzatish uchun deyarli barcha ilmiy tarmoq chet elda qoldi va amalda ishlashdan to‘xtadi.
Keldish institutida bo‘lgan, qayta tiklangan va yangi teleskoplar sun'iy yo‘ldoshlarning uchirilishi, ularning orbitada buzilishi yoki atmosferaga kirishi haqidagi ma'lumotlarni to‘plab, ehtimoliy xatarga ega kosmik apparatlar bilan yaqinlashuvni kuzatadi, kosmik chiqindilarning tarqalishini nazorat qiladi va modellarini aniqlashtiradi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026