Vazirlar Mahkamasining "Fransiyaga oliy darajadagi taşrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, joriy yilning oktabr oyida Özbekiston Respublikasining prezidenti oliy darajadagi taşrif bilan Fransiyaga boradi. Qarorga muvofiq oliy darajadagi taşrifning madaniy-gumanitar qismiga tayyorgarlik köriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Taşrifning uşbu qismiga tayyorgarlik doirasida Madaniyat vazirligiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari ötkazmasdan, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yöli bilan tovarlarni yetkazib beruvçilar, işlarni bajaruvçilar va xizmatlarni körsatuvçilar bilan töğridan-töğri şartnomalar tuzişga ruxsat berildi.
Şuningdek, Madaniyat vazirligi huzurida Fransiya madaniyat markazi taşkil etiladi.












