Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bozorlar yonidagi avtoturargohlar to‘liq avtomatlashtiriladi
Bozorlar hududi yoki uning yaqinida joylashgan avtoturargohlar hamda mashinalar to‘xtash joylari to‘liq avtomatlashtiriladi, bunda inson omili butunlay chiqarib tashlanadi. Bu haqda prezidentning Toshkentda alohida tartibni joriy etish bo‘yicha farmoni «yo‘l xaritasida» aytiladi.
Tegishli hujjat 15 oktabrgacha qabul qilinadi. Shu bilan birga, bozorlarda joylarni ajratishni avtomatlashtirish ham tasdiqlanadi.
Savdo o‘rni uchun elektron ruxsatnoma talon olish mumkin bo‘lgan maxsus bankomatlar o‘rnatiladi. Bunday talon navbat asosida beriladi.
Kutilishicha, inson omilining chiqarib tashlanishi korrupsiyani qisqartirishda yordam beradi.
Bundan tashqari, bunga qo‘shimcha ravishda bozorlarda tovarlarni tashish xususiy tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Aravalar esa, mos ravishda, ijaraga berilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:21 / 06.07.2026
“E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026