Amir Temur ko‘chasida asfalt yotqizilishi munosabati bilan u yerdagi transport harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

"Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!

Bugun 26 avgust kuni Amir Temur ko‘chasida (sobiq “Qozog‘iston” kinoteatri atrofida) asfalt yotqizilishi munosabati bilan yo‘l harakati faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.