Özbekistonlik oğir atletikaçi, Rio olimpiadasi çempioni Ruslan Nuriddinov Osiyo öyinlari ğolibiga aylandi.

105 kg vazn toifasida bahslarda iştirok etgan Ruslan Nuriddinov 421 kg (dast kötarişda 191kg, siltab kötarişda 230 kg) natija qayd etib, birinçi örinni egalladi va Özbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qöşib qöydi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Qayd etiş kerakki, Ruslan öz natijasi bilan Osiyo öyinlari rekordini ham yangiladi. 

Bu Özbekistonning Osiyo öyinlari tarixidagi oğir atletika buyiça ilk oltin medalidir.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Ikkinçi va uçinçi örinlarni iroqlik Salvan Jasim Abbod Alafuriy (405 kg) va eronlik Ali Hoşimiy (403 kg) egalladi.​

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Nuriddinovga oltin medalni Özbekiston milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov topşirdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Bundan avvalroq 75 kg vazn toifasida iştirok etgan Omadoy Otaqöziyeva 237 kg natija qayd etib (dast kötarişda 101, siltab kötarişda esa 136), kumuş medal sohibasiga aylangandi.