Xiva şahrida oğir atletika böyiça ösmirlar va kattalar örtasidagi Özbekiston çempionati bölib ötdi.
MOQ matbuot xizmati xabar berişiça, musobaqaning sönggi kungi dasturida oğir vaznli sportçilar özaro bahs olib bordi. Akbar Jörayev eng oğir vazn toifasida (+109 kg) iştirok etdi. Tokio—2020 çempioni va rekordçisi dast kötarişda 185 kg, siltab kötarişda 232 kg toşni öziga böysundirib, ikki kuraş böyiça 417 kg natija körsatdi.
Şuningdek, Rio—2016 ğolibi Ruslan Nuriddinov -109 kg vaznda mamlakat çempionligini qölga kiritdi. U umumiy hisobda 415 kg (185+230) oğirlikdagi toşni kötarişga muvaffaq böldi.
Oğir vazn toifalarida çempionlar qayd etgan natijalar:
- -96 kg: Hojiakbar Olimov (Samarqand viloyati) – 328 (150+178) kg;
- -102 kg: Sunnat Ösarov (Toşkent viloyati) – 371 (170+201) kg;
- -109 kg: Ruslan Nuriddinov (Andijon viloyati) – 415 (185+230) kg;
- +109 kg: Akbar Jörayev (Toşkent viloyati) – 417 (185+232) kg.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning dekabr oyida Toşkentda ötkazilgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida Akbar Jörayev oltin, Ruslan Nuriddinov esa kumuş medalni qölga kiritgandi.

















