Özbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov joriy yilning 24 avgust kuni Qirğizistonning Çöpon-ota şahrida bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar adliya vazirlarining oltinçi majlisida iştirok etdi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

Majlis Qirğiziston Respublikasi adliya vaziri vazifasini bajaruvçi Maksatbek Yesenaliyev raisligida bölib ötdi.

Majlis işida, şuningdek, Hindiston Respublikasi huquq va adliya vaziri örinbosari S.Çandra, Qozoğiston adliya vaziri M.Beketayev, Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri örinbosari Yuan Şuxung, Pokiston Islom Respublikasining Qozoğistondagi elçisi Imtiyoz Ahmad Qozi, Rossiya adliya vaziri A.Konovalov va Tojikiston adliya vaziri R.Şohmurod ham qatnaşdi.

Tadbirda kuzatuvçilar sifatida Afğoniston adliya vaziri Abdul Basir Anvar, Belarus adliya vaziri O.Slijyevskiy, Eron adliya vaziri S.Avayi, Möğuliston adliya va içki işlar vaziri N.Tsend qatnaşdi.

Majlisda R.Davletov mamlakatimizda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan va qonun ustuvorligini ta'minlaş, qonuniylikni mustahkamlaş hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlarga bağişlangan ma'ruza bilan çiqiş qildi.

Öz ma'ruzasida adliya vaziri yaqinda qabul qilingan Prezident farmoni asosida Özbekiston Adliya vazirligi faoliyati tubdan isloh qilinayotgani, unda davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda alohida örin berilgani haqida ma'lumot berdi.

Xususan, u adliya tarixida ilk bor tuman (şahar) bölinmalari, Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi tarkibiy bölinmalari hamda Adliya vazirligi huzurida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti taşkil etilganini qayd etdi.

U notariat, advokatura va FHDYo organlari sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan notarial harakatlarni «yagona darça» tamoyili asosida tasdiqlaşni közda tutuvçi faol notariatning yangi modeli, fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamlaştiriş böyiça işlar boşlab yuborilgani, jamiyatda advokatlar mavqeini oşiriş, advokatlik litsenziyasini olmasdan turib konsalting xizmatlarini körsatiş imkoniyati paydo bölganini alohida ta'kidladi.

Adliya vazirliklarini xalqaro xavfsizlikning zamonaviy tahdidlariga qarşi kuraşdagi roli haqida sözlar ekan, u insonlar, xususan, yoşlar ongi uçun kuraşni muhim vazifa sifatida qayd etdi va fuqarolarimizda ekstremistik faoliyat ğoyasiga qarşi samarali immunitetni şakllantiriş, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş orqali barçani ularning asoratlari bilan emas, balki sabablari bilan kuraşişga urğu berişga çorladi.