Eron parlamenti mamlakatning iqtisodiyot va moliya vaziri Mas'ud Karbasianga impiçment e'lon qildi. Bu haqda Mehr axborot agentligi ma'lum qildi. 

Avvalroq parlament a'zolari prezident Hasan Ruhoniydan iqtisodiy masalalarga javobgar bir neça vazirning iste'foga çiqarilişini talab qilişgan. Prezident ma'muriyatida hukumatda özgarişlar amalga oşirilişi ta'kidlab ötilgan. Parlament 8 avgustda kooperatsiya, mehnat va ijtimoiy farovonlik vaziri Ali Rabiyga impiçment e'lon qilgandi

Karbasianning impiçmenti jarayoni “mamlakat iqtisodiyotida şaffoflik yöqligi va valyuta kurslari özgarişi bilan yuzaga kelgan muammolar” sababli ötkazilgan. 

Parlament spikeri Karbasian boşqa jabhalarda muvaffaqiyat qozonişiga umid bildirgan.

Avgust boşida parlament Ruhoniyga mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni yengiş böyiça hukumat amalga oşirayotgan harakatlar böyiça hisobot berişga bir oy muhlat bergan. Ruhoniy parlament oldida hisobot berişga rozi bölgan, biroq parlament talabini konstitutsiyaga zid deb atagan.

Eronda oxirgi oylar mahalliy valyutaning keskin qadrsizlanişi kuzatilmoqda. Ta'kidlanişiça, mahalliy rialning dollarga nisbatan kursi mart oyidan beri 2 karra qadrsizlangan. Iyul oxirida bir dollar 100 ming rial turgan.