Rossiyaning Karaçayevo-Çerkesiya Respublikasida Yevropaning eng baland toği Elbrusdan 31 yil avval toğga kötariliş vaqtida halok bölgani taxmin qilinayotgan ayol alpinist jasadi evakuatsiya qilindi.     

Ayolning jasadini 4 ming metr balandlikda sayyohlar guruhi aniqlagan. Ular bu haqda qutqaruvçilarga xabar qilişgan. Ayolning şaxsi örnatilgan, uning yonidan 1951 yilda tuğilgan Yelena Bazikina nomiga pasport va 1987 yil 10 aprel bilan sanalangan Moskva- Mineralnyye vody samolyotiga çipta topilgan. 

Qutqaruvçilarning ma'lum qilişiça, 1987 yilda jasad topilgan hududda qor köçkisi oqibatida 7 kişidan iborat alpinistlar guruhi halokatga uçragan. Öşanda ularni qutqariş işlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangandi. 

Elbrus Rossiya va Yevropaning eng baland çöqqisi hisoblanib, dengiz sathidan 5642 metr balandlikda joylaşgan.