Sidneydagi Garvana tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari inson tanasida infeksiya bilan qayta zararlanmaslikka yordam beruvçi yangi mikroorganni aniqlaşdi. Bu haqda Science Alert ilmiy portalida ma'lum qilingan.
Limfa tugunlari ustida aniqlangan organ subkapsulyar proliferativ öçoq deb atalgan. Dastlab bu organ laboratoriya siçqonlarida, keyinroq esa odamlarda aniqlangan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, organizm biror infeksiyaga röbaro‘ kelgaç, kelgusida undan yaxşiroq himoyalanadi. “Immunitet xotirasi” deb ataluvçi bu xususiyat xotiraning B-hujayralari töplanişiga xos. Olimlar ularning mavjudligini avval ham bilişgan, biroq ularning aniq joyi birinçi marta aniqlandi.

Olimlar uşbu tadqiqotni muhim kaşfiyot deb ataşmoqda. Organizm infeksiya bilan zararlanganda kasal qözğatuvçi bakteriyalar soni har 20-30 daqiqada ikki marta köpayadi. Agar inson immun tizimi infeksiya bilan kuraşişga juda uzoq tayyorlansa, unda organizm infeksiyani bartaraf etişga ulgurolmay qolişi va inson halok bölişi mumkin.












