Vazirlar Mahkamasining «Aholining ijtimoiy himoya oliş huquqlarini ta’minlaş hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini körsatişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan belgilanişiça:
- özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar «Inson» ijtimoiy xizmatlar körsatiş markazlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida bir yilda kamida bir marotaba çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziladi;
- ijtimoiy xodimlarga fuqarolardan kam ta’minlangan oilalar bolalari uçun nafaqa va moddiy yordam tayinlaş böyiça arizalarni qabul qiliş vakolati beriladi.
2024 yil 1 iyuldan boşlab moddiy yordam va boşqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olişning yagona tizimi işga tuşiriladi. Har bir fuqaro (oila) uçun ijtimoiy tölovlar va imtiyozlar, şu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlar «Ijtimoiy himoya» ATda röyxatga olinadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan:
- 2023 yil 1 noyabrdan boşlab tuman (şahar)larda «Inson» ijtimoiy xizmatlar körsatiş markazlarida oğir hayotiy vaziyatga tuşgan şaxslar uçun psixologik yordam körsatiş tizimi joriy etiladi;
- 2023 yil 15 noyabrga qadar agentlikning tizimiga kiradigan taşkilotlarga tegişli bino va inşootlarga ijtimoiy himoya yönalişidagi nodavlat notijorat taşkilotlarini, zaruratga köra, tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriş çoralari köriladi;
- 2023 yil 1 dekabrga qadar tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan ötkaziş natijasiga köra nogironligi bölgan şaxs uçun soğliğining holatiga köra mumkin bölgan mehnat faoliyati turlari va mehnat şaroitlari töğrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi;
- 2024 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor körib çiqişga möljallangan «Işonç telefoni» raqami işga tuşiriladi.













