Osiyo o‘yinlari. Boksda O‘zbekistonning yana bir vakili keyingi bosqichga o‘tdi
O‘zbekiston boks jamoasining yana bir vakili chorak finalga chiqdi.
Osiyo o‘yinlarining boks musobaqalarida nimchorak finalda -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik Alvadi Muhammadga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 (30:27, 30:27, 30:26, 30:25, 30:27) hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga o‘tdi.
Uning keyingi bosqichdagi raqibi mo‘g‘ulistonlik Xarku Enk-Amar bo‘ladi. Chorak final jangi 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Bungacha -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov hamda -64 kg vazn toifasida turnirga kelgan Iqboljon Xoldorov o‘z janglarida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqqandi. Do‘smatov qirg‘izistonlik Mirlan Turkbay o‘g‘li bilan, Xoldorov janubiy koreyalik Lim Hyunsuk bilan jang qiladi.
Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Isroil Madrimov ham o‘z ishtirokini boshlaydi. -75 kg vazn toifasidagi Madrimov mo‘g‘ulistonlik Davasuren Davanyam bilan ringga chiqadi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024