Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov Osiyo öyinlari çorak finali doirasida Janubiy Koreyaga qarşi keçgan öyindan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida iştirok etdi.
Öyin davomida 3:2 hisobida oldinda borgan Özbekiston vakillari qöşimça bölimlar yakunida penaltidan ötkazilgan gol tufayli 3:4 hisobida mağlub bölişdi va Osiyo öyinlarini tark etişdi.
Ravşan Haydarov öyinni boşqarib borgan saudiya arabistonilik Muhammad Al-Hoişning qarorlaridan norozilik bildirgan.
«Katta öyin böldi, ammo bu öyinda biz yutqazdik. Mağlubiyat uçun muxlislarimizdan uzr söraymiz.
Futbolçilar borini berib öynaşdi, buning uçun ularga rahmat. Öyin davomida bir qança xatolar böldi, raqib juda kuçli edi, bosim katta edi. Şu xatolar evaziga gollar ötkazdik.
Öyinning ma'lum qismida ustunlik qildik, hisobda oldinda bordik. Ammo afsuski, öyin oxirida çarçoq bilindi, 10 kişi bölib qoldik.
Öylaymanki, hakam xatolarga yöl qöydi. Hakam öyin tempiga mos harakat qilmadi. Şiddatli va hissiyotlarga boy öyin keçayotganini hakam töğri tuşunişi kerak edi.
Penalti berilgan vaziyatda ham qoida buzilmagandi. Bu öyin natijasiga ta'sir körsatgan xato qarorlar böldi», deya murabbiyning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.











