Osiyo öyinlari futbol musobaqasining eng markaziy öyinlaridan biri –Özbekiston – Janubiy Koreya bahsi çempionlar kuraşi böldi, deyiş mumkin. Ravşan Haydarov boşçiligidagi jamoa yil boşida Osiyo çempionatida ğolib bölgan, koreyslar esa Jakartaga Osiyo öyinlarining amaldagi ğolibi sifatida taşrif buyurgandi.


Özbekiston olimpiyaçilarining bu galgi raqibi avvalgi törtta terma jamoadan mutlaqo farq qilişi, öyinning qiyin ötişi oldindan ma'lum edi. Uçraşuvning ilk daqiqalaridanoq bu öz isbotini topdi –3 hujumçi bilan tuşgan Janubiy Koreya tezkor gol bilan hisobni oçdi. 5-daqiqada 26 yoşli Son Xyong Minning pasidan söng 25 yoşli Xvang Ui Jo darvozabonimizni doğda qoldirdi.
Goldan söng Özbekistonning öyinida pasayiş kuzatilmadi. Şuning natijasi ölaroq, oradan çamasi 10 daqiqalar ötib hisob tenglaşdi. Uşbu vaziyatda jarima maydoni markazida turgan Maşaripov negadir koreys himoyaçilarining e'tiboridan çetda qolgandi. Ikki-uç raqib qurşovida turganiga qaramay Jaloliddinga töpni uzata olgan Dostonbek Hamdamovning harakatlariga ham tahsin aytsa arziydi.
35-daqiqada yana öşa «Gamba Osaka» a'zosi Xvang Ui Jo katta sahnaga çiqdi. Uning jarima maydoni taşqarisidan turib bergan kuçli va aniq zarbasi qarşisida Botirali Ergaşev ojiz qoldi – 1:2. Birinçi taym şu hisobda yakun topdi.

Ikkinçi taymda Özbekiston terma jamoalari uçun u qadar ham odatiy bölmagan quvonarli holat röy berdi – bir öyinda ikki marta hisobda ortda borayotib, iroda körsatgan holda yana oldinga ötib oldik. Bu kuçli raqibga qarşi öyinda kuzatilganini ham alohida ta'kidlaş kerak. Xullas, 53- va 56-daqiqalarda Ikrom Aliboyevdublga erişib, turnir töpurarligi uçun da'vogarlardan biriga aylandi.
Biroq bu hali hammasi emasdi. Janubiy Koreya qişda bölgan Osiyo çempionati yarim finalidagi alamidan çiqiş uçun bor kuçi bilan kuraşni davom ettirdi. Pirovardida 75-daqiqaga kelib hisob yana tenglaşdi. Ilk daqiqalardan boşlab faqat yuqori tempda öyin körsatişga uringan har ikkala terma jamoa vakillari ham bu vaqtga kelib çarçab qola boşlaşgan, natijada töp bilan muomalada xatolar közga taşlanib, raqibga böş zonalar qoldirilayotgandi. Şunday vaziyatlardan birida Aşurmatovning qöpol xatosini tajribali














