Rossiya taşqi işlar vazirligi ötkazilişi 4 sentabrga belgilangan, Afğoniston böyiça Moskva şaklidagi uçraşuv boşqa sanaga köçirilganini tasdiqladi. Yangi sana diplomatik kanallar böyiça kelişib olinadi.  

27 avgustda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan telefon orqali suhbatlaşgan. Suhbat çoğida Afğonistondagi vaziyatni tartibga solişda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Ğani umuman Moskva uçraşuvini taşkillaştiriş fikrini qöllab-quvvatlagan, biroq uni “afğon tomonining bu masala böyiça umumiy pozitsiyasini işlab çiqiş zarurati hamda Afğonistondagi kuç bloki rahbariyatida lavozimiy özgarişlar ötkazilayotgani sababli” boşqa sanaga köçirişni taklif qilgan. 

Moskvadagi uçraşuvda “Tolibon” harakati vakillari iştirok etişga rozilik bergandi. Biroq Kobul uçraşuvda toliblar iştirok etişi mumkinligi sababli unga borişdan boş tortgan. Keyinroq ma'lum bölişiça, Afğoniston prezidentining olib borayotgan siyosatiga norozi bölgan uning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi iste'foga çiqarilgan.