Xitoy tomonidan işlab çiqilgan, dunyodagi eng katta samolyot-amfibiya AG600 “Tszilun” Guandun viloyatidagi Çjuxay şahridan Xubey viloyatidagi Tszinmen şahriga sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Ta'kidlanişiça, samolyot endi suv sirtidagi sinovlardan ötişga tayyor.
Ma'lum qilinişiça, samolyot havoda 3 ta viloyat hududida ustidan uçib ötgan. Suv sirtidagi sinovlarning boşlanişi vaqti hali ma'lum qilinmagan.
Avvalroq samolyotni 2022 yilga kelib buyurtmaçilarga yetkazib beriş boşlanişi rejalaştirilayotgani ma'lum qilingan.
Samolyot yonğinlarni öçiriş va suvda qutqaruv işlarini amalga oşirişga möljallangan. Bundan taşqari, samolyot dengizni, yölovçi va yuk taşişlarni monitoring qiliş va foydali qazilmalar konlarini qidiriş uçun qöşimça qurilmalar bilan jihozlanişi mumkin.
Samolyot 4 ta turbovint dvigatel bilan jihozlangan va bortiga 20 soniyada 12 tonna suv olişi mumkin. Samolyotning maksimal parvoz vazni 53,5 tonnani, korpusi uzunligi 39,3 metrni, qanotlari quloçi 38,8 metrni, maksimal uçiş uzoqligi 4,5 ming kmni taşkil qiladi. Samolyot 50 nafar odamni taşiy oladi.
Samolyot loyihasi 2009 yilda ma'qullangan, uni quriş işlari 2016 yil iyulda yakunlangan.












