Tarix sahifalarini varaqlasak, turli davrlarda dunyo xalqlarining öta oğir damlarga tuşib qolgani, uruş, oçarçilik va kasallik girdobi butun bir jamiyatlarni xonavayron etganining guvohi bölamiz. Ana şu xalqlar qatorida özbeklar nomi ham keladi. Şu sababmi bu xalq har bir ne'matning şukrini qilişga, uning qadriga yetişga intiladi. Ayniqsa, nonni. Gapimizni mubolağaga yöymangu, ammo özbeklardek biror bir xalq nonni muqaddas bilmaydi. Qaysi ma'nodaki, ötmişning oğir sinovlaridan ötgan, taqdir çarxpalagining suvlarida oqqan bu millat ana şu nonning ortida qança mehnat, qança dard, qança orzu-havas yotganini boşqalardan köra çuqurroq anglaydi, his etadi.
Bugun Özbekistonda tinçlik, töqçilik, Yaratganga şukr. Ammo sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bölayotgan, dökondan qolipli non (buxanka) sotib olib, uni mollariga yedirayotganlar mavzusi kişini öylantiradi. Bu töqlikka şöxlikmi, balki şunday qilingani yaxşidir. Bu borada statistik körsatkiçlarga nazar solamiz.
Özbekiston böylab qolipli nonga nisbatan belgilangan narx köp yillardan beri özgarişsiz - 650 söm bölib qolmoqda. Ammo, bu narx işlab çiqaruvçi, eng asosiysi hukumat sarflayotgan xarajatlarni qoplayaptimi? Umuman olib qaraganda, bu narx bilan xaridorning ehtiyojlari qondiriladimi?
Markaziy Osiyo davlatlarida non hamda un mahsulotlariga belgilangan narxning soliştirma ma'lumotiga köra, mintaqadagi eng arzon nonni faqat Özbekistonda sotib oliş mumkin.
Xususan, Özbekistonda qolipli 1 dona non 650 söm (yoki 0,08 dollar)ga teng bölsa, bu narx Qozoğistonda 2590 söm (0,33 dollar), Qirğizistonda esa 2347 söm (0,30 dollar)ga baholanadi. Qolipli nonning narxi Tojikistonda ham Özbekistondan 968 söm (12 sent)ga farq qiladi.
Xuddi şunday 1 kg oliy navli un narxi ham nomutanosib farqlanadi. Şunday qilib, 1 kg oliy navli un uçun eng arzon narx 1319 söm bölib, bu narx ham Özbekistonda. Eng qimmat baho Tojikistonda qayd etilgan - 4694 söm. Qozoğiston va Qirğizistonda mos ravişda 1 kg oliy navli un uçun 3804 söm va 3966 söm tölanadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan çakana turdagi qolipli non narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarga belgilangan narxnomada körsatilgan. Uzoq yillardan buyon qolipli non narxini oşirilmaganligi turli çigalliklarni ham keltirib çiqarmoqda.
Masalan, 1 kg oliy navli unni bozor rastalarida 1319 sömga topiş qiyin. Qolaversa, uning sifati boşqa muhokamaga sabab böladi. Şunday ekan, qolipli non işlab çiqaruvçi tadbirkorlarga yetkazib berilayotgan arzon narxdagi un mahsulotlarining barçasi qolipli nonga aylanib, dasturxonlarga yetib boryaptimi yo bozor rastasidan “yöqolib qolgan” 1319 sömlik oliy navli unlar örnini bosiş uçun savdoga çiqarilyaptimi, bu masalaga dadil va aniq javob beriş qiyin.











