Özbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor özgardi.

«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, bugun prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Rustam Qosimov raisligidagi yiğiliş ötkazilgan. Şu yiğilişda Ne'matulla Ibragimov akademiya rektorligidan ketgani ma'lum qilinib, Şuhrat Akmaloviç Yovqoçev yangi rektor sifatida taniştirilgan.

Uzoq yillar Şarqşunoslik institutiga rahbarlik qilib kelgan Ne'matulla Ibragimov şu yilning aprelida taşkil etilgan akademiyaga birinçi rektor etib tayinlangandi. U nima sababdan 4 oy içida lavozimdan olingani ma'lum emas.

Foto: Ne'matulla Ibragimov

Endilikda xalqaro islom akademiyasining yangi rahbariga aylangan Şuhrat Yovqoçev 1964 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, 1988 yilda ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning şarqşunoslik fakultetini tamomlagan, 1993 yilda Misr taşqi işlar vazirligi qoşidagi Diplomatiya akademiyasi diplomini olgan. Mutaxassisligi - şarqşunos va filolog. Siyosiy fanlar doktori, professor.

Foto: Şuhrat Yovqoçev

U 1986 yildan 1990 yilgaça Liviyada arab tili tarjimoni bölib işlagan, keyinroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligida turli lavozimlarda faoliyat körsatgan, 1999-2004 yillarda Toşkent davlat şarqşunoslik institutida dars bergan. 2004-2005 yillarda Özbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida direktor, 2005-2006 yillarda Özbekiston prezidentining millatlararo munosabatlar va din masalalari böyiça davlat maslahatçisi bölgan, 2006-2007 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toşkent islom universitetiga rektorlik qilgan.

2007 yildan Toşkent davlat şarqşunoslik institutida jahon siyosati kafedrasiga mudirlik qilgan.