Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga Ne'matulla Ibragimov rektor etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Biroz oldinroq Özbekiston Respublikasi prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni bilan Özbekiston xalqaro islom akademiyasi taşkil etilgandi.
Özbekiston xalqaro islom akademiyasi:
Qur'on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va boşqalar) va boşqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bölgan sohalar böyiça malakali kadrlarni tayyorlaşga, örta maxsus, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, malaka oşiriş bosqiçlarida uzluksiz ta'limning yaxlit tizimini taşkil etişga va ilmiy merosni çuqur tadqiq qiliş va asrab-avaylaşga, diniy va dunyoviy bilim berişga ixtisoslaşgan yetakçi ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
respublikadagi barça islom ta'lim muassasalari faoliyatini öquv-me'yoriy va öquv-uslubiy jihatdan ta'minlaş hamda muvofiqlaştirişni amalga oşiradi.
















