Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi PQ-3814-son qarori asosida Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bağişlab 2018 yilning 29 avgust kuni “Aziz va yagonamsan, jonajon Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan va 2017 – 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” Davlat dasturining ma'no-mazmuni keng tarğib qilişga qaratilgan “Eng uluğ, eng aziz” an'anaviy tanlovining respublika bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Taqdirlaş marosimi Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi, Yozuvçilar uyuşmasi, Milliy teleradiokompaniya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Özbekkino” milliy agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi, Badiiy akademiya, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan taşkil etildi.

- Bu yilgi tanlovning viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlari ğoliblarini taqdirlaş marosimlari har yilgidan özgaça ruhda ötkazildi. Buni tanlovga kelib tuşgan materiallar sonining ortganidan ham körişimiz mumkin. Tanlovning respublika respublika bosqiçiga 300 nafarga yaqin ijodkordan 2 mingga yaqin ijodiy iş kelib tuşdi, - deydi Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Boş direktori Laziz Tangriyev. – Birgina “Yozuvçilarning badiiy asarlari” yönalişida jami 66 nafar muallifning 96 ta asari, jumladan, 9 ta roman, 8 ta hikoyalar töplami, 28 ta şe'riy töplam va doston, 9 ta qissalar, 21 ta badiiy publitsistik töplam va esselar kitoblari, 1 ta p'yesa, 13 ta OAV va internet naşrlarda çop etilgan turkumlarining topşirilganligi bu fikrimni tasdiqlaydi. Öz navbatida iştirokçilar va materiallarning köpligi Hakamlar hay'atiga ham juda katta mas'uliyat yukladi. Ular orasidan ğoliblikka nomzodlarni tanlab oliş oson bölmadi.

Şuningdek,