Yirik sanoat korxonalari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaşda muhim örin tutadi. Toşkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toşkent metallurgiya zavodi şulardan biri, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni uşbu korxona qurilişi bilan tanişdi.
Loyiha qiymati 286,7 million yevrolik mazkur korxonaga Italiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya kabi davlatlarda işlab çiqarilgan ilğor va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Bu yerda avtomobil kuzovlari va maişiy texnika uçun metall listlar, metall çerepitsalar, profnastil va boşqa mahsulotlar tayyorlanadi. Töliq quvvatda tuşirilgaç, korxonada yiliga 500 ming tonna mahsulot işlab çiqariladi, 700 ga yaqin iş örni yaratiladi.
Prezident 2017 yil fevral oyida uşbu korxona qurilişi loyihasi bilan tanişib, mutasaddilarga tegişli körsatmalar bergan edi. Ötgan vaqt mobaynida bu yerda keng kölamli quriliş-bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Zavod binosi konstruksiyasi qurib bitkazildi.
Şavkat Mirziyoyev qurilişning borişi bilan tanişdi. Zavodning mamlakat iqtisodiyotidagi örniga töxtalib, bu yerda işlaydigan mutaxassislar tayyorlaşga alohida e'tibor qaratiş lozimligini ta'kidladi.















