Özbekiston Respublikasi prezidenti Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qiliş organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.

Mamlakatda yoş avlodning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltiriş, ta'lim tizimini zamon talablari asosida takomillaştiriş, yoşlarga yurisprudensiya asoslari böyiça ta'lim beriş, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi köp yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun faxriy unvon berildi:

“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi”

Axmedşayeva Mavlyuda Axatovna - Toşkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori

Mamlakat Qurolli Kuçlarining jangovar tayyorgarligini oşirişdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qiliş va tinçlikni ta'minlaş, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlaş borasidagi xizmat burçini bajariş çoğida mardlik, jasorat va fidoyilik körsatgani uçun quyidagilar mukofotlandi:

“Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan

Mingbayev Ubaydulla Kurbanoviç - Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi raisi

“Mehnat şuhrati” ordeni bilan

Gazbayeva Dilyara Yuldaşevna - Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boşqarma boşliğining örinbosari

Maslova Nadejda Grigorevna - Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xalqaro-huquqiy boşqarmasi prokurori

II darajali “Şon-şaraf” ordeni bilan

Dadaboyev Şerzod Şeraliyeviç - Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandiri

Norgitov Şuxrat Irkinoviç - Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Taşkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boş boşqarmasi boşliği

Rustamov Şavkatillo Assadilayeviç - Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining örinbosari