Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni avtomobil transporti sohasida boşqaruvni takomillaştiriş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, transport xizmatlari kölamini kengaytiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Ma'lumki, davlat rahbarining 2018 yil 6 martdagi qaroriga muvofiq, Özbekiston avtomobil transporti agentligi qayta taşkil etilgan edi. 2018-2021 yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi qabul qilindi. Dastur ijrosi doirasida 57ta yangi yölovçi taşiş yönalişi oçildi, 9ta yangi avtostansiya qurildi, 82ta yangi avtobus sotib olindi. Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonga 5ta xalqaro avtobus yönalişi yölga qöyildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, yiğilişda sohadagi islohotlarni davom ettiriş, tumanlararo va şaharlararo yönalişlarda, tuman markazi bilan olis qişloqlar örtasida zamonaviy transport xizmati körsatiş böyiça vazifalar belgilab berildi. 

Xususan, joriy yil yakunigaça transport xizmati körsatişda yangi tizim joriy etiş böyiça topşiriq berildi. Unga köra, tuman va yönalişlar böyiça transport xizmati körsatiş faoliyati davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy operator-dispetçerlarga beriladi. Lisenziyaga ega va tender ğolibi bölgan xususiy operator-dispetçer tegişli hudud yoki yönalişda şartnoma asosida barça transport xizmati körsatuvçilarni birlaştirib, ular uçun yagona platforma taşkil etadi. Yölovçi kam yönalişlarga transport qöyiş davlat talabi etib qöyiladi. Xizmat körsatuvçilarga «Har bir oila – tadbirkor», «Yoşlar –kelajagimiz» davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar beriladi.

Hududlarda transport yönalişlarining 30 foizdan ortiği işlamayotgani, şu bois viloyatlarda 13 ta avtokorxona taşkil etib, ularga bu yil 400 ta, keyingi yil oxirigaça 780 ta «Isuzu» avtobusi sotib oliş zarurligi ta'kidlandi.

Yiğilişda odamlarning öz yuk maşinalaridan foydalanib, daromad topişi uçun qulaylik yaratiş zarurligi ta'kidlandi. Yuk taşiş tizimiga xususiy sektorni jalb qilib, yuk taşuvçilarga litsenziya va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan qisqartiriş, xususiy ekspeditorlik taşkilotlari faoliyatini taşkil etiş yuzasidan körsatmalar berildi. 

Tranzit yuk taşişda Özbekiston vakillari iştirokni kengaytiriş, magistral yöl infratuzilmasi rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Mamlakatimiz orqali yuk taşişni köpaytiriş uçun xorijiy davlatlar va yirik kompaniyalar bilan qöşimça bitimlar imzolaş, Trans-Afğon, Trans-Kavkaz, Trans-Xitoy kabi avtomobil yöllaridan foydalanişni jadallaştiriş, yuk taşuvçilar bilan hamkorlikda korxonalar taşkil etiş, sohaga oid xalqaro hujjatlarga qöşiliş, tegişli qonun loyihasi işlab çiqiş vazifalari qöyildi.