Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin va Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp prezident Şavkat Mirziyoyevni tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va xalqi nomidan, şaxsan öz nomimdan Sizni va döst Özbekiston xalqini Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaş va eng ezgu tilaklarni bildirişga ijozat bergaysiz.

Sizning rahbarligingizda Özbekistonda barqaror siyosiy muhit kuzatilmoqda, barça yönalişlarda jadal islohotlar amalga oşirilmoqda, iqtisodiy rivojlaniş sur'atlari tobora ortib bormoqda, buning natijasida xalqning hayot darajasi muttasil oşmoqda, davlat qurilişi sohasida muvaffaqiyatlar qölga kiritilib, mamlakatning jahon miqyosidagi obro‘-e'tibori yuksalmoqda. Özbekistonning yaxşi qöşnisi, işonçli hamkori va yaqin dösti sifatida Xitoy tomoni bularning barçasidan ğoyat mamnun bölmoqda.

Men Xitoy-Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga katta e'tibor qaratib kelmoqdaman, Siz bilan örtamizdagi samimiy işçan munosabat va döstlikni yuksak qadrlayman. Şanxay hamkorlik taşkilotining yaqinda Tsindao şahrida bölib ötgan sammiti doirasida biz samarali uçraşuv ötkazdik, qator muhim kelişuvlarga erişdik, ularning barçasi Xitoy va Özbekiston munosabatlari rivojiga yangi harakatlantiruvçi kuç bağişladi. Xitoy-Özbekiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini ikkala mamlakat xalqlari ravnaqi va farovonligi yölida rivojlantirişda yangi natijalarga erişiş uçun Siz bilan birgalikda sa'y-harakatlarimizni safarbar etişga tayyorman.

Döst Özbekistonga taraqqiyot va kuç-qudrat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman”, - deyiladi Si Tszinpinning maktubida.

“Sizni va Özbekiston xalqini katta mamnuniyat ila Mustaqillik kuni  bilan tabriklayman. Amerika Qöşma Ştatlari mamlakatingiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining qat'iy tarafdori bölib qoladi va biz mamlakatingiz mustaqilligining 27 yilligini erkin va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida nişonlayotganingizdan xursandmiz.

Ötgan 27 yil mobaynida bizning munosabatlarimiz izçil rivojlandi va şu yil may oyida Sizning Oq uyga tarixiy taşrifingiz uning yuksak bosqiçi böldi. Men Siz bilan uçraşganimdan, mintaqadagi umumiy tahdidlarni hal qiliş uçun strategik şerikligimizga yangi sur'at baxş etiş imkoniyatidan mamnun böldim. Şuningdek, Sizni siyosat, iqtisodiyot va inson huquqlari sohalarida amalga oşirayotgan, Özbekiston xalqining ravnaqi va farovonligi hamda tinç taraqqiyot orqali gullab-yaşnaşi uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladigan keng kölamli islohotlaringiz bilan qutlayman.