Qozoğistonning Temirtau şahridagi bolalar boğçalaridan birida 50 yoşli xodim uxlaşni xohlamagan qizçani böğdi. Tarbiyaçiga nisbatan jinoiy iş oçildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan kadrlardan köriş mumkinki, ayol yiğlayotgan bolaning ustiga çiqib, ötirib olgan va boşi uzra adyolni mahkam qisgan. Video ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini dahşatga soldi.
Sanoqli soatlar içida videorolikka mingga yaqin izoh qoldirildi. Biroq, keyinçalik videoni öçirişdi, deya xabar beradi Tengrinews.
Qarağanda viloyati Içki işlar departamenti matbuot xizmati uşbu rolikka izoh berdi va gumonlanuvçi aniqlanganini xabar qildi. Uşbu holat böyiça Qozoğiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-modda 2-qismi bilan sudga qadar tergov boşlandi.
Ayni paytda tergov işlari olib borilmoqda. Ekspertizalar belgilangan.
«Politsiya xodimlari tomonidan Instagram ijtimoiy tarmoğidagi internet-resurslar monitoringi davomida Shok_krg sahifasida video aniqlandi. Unda ayolning bola ustiga adyol tortişi va uni kuç bilan uşlab turişi tasvirlangan. Uşbu holat politsiyada qayd etildi. Politsiya xodimlari tomonidan videoni örganiş çoğida, şahardagi bolalar boğçalaridan birining 50 yoşli tarbiyaçisi işda bölgan vaqtida uşbu bolani u quloq solmagani va karavotda sakragani tufayli uxlaşga yotqiza olmagani, şuning uçun bolaning ustiga adyol tortib, uni kuç bilan uşlab turganini tan oldi. Şuningdek, voyaga yetmagan şaxsning ota-onasi aniqlandi, ular uşbu ayolni javobgarlikka tortiş haqida ariza yozişgan. Tafsilotlarni aniqlaş çoğida şu narsa ma'lum böldiki, uşbu video joriy yilning may oyida suratga olingan, biroq ijtimoiy tarmoqqa 2018 yilning 27 avgust kuni joylaştirilgan», - deya xabar berişdi mahkama matbuot xizmatidan.











